Hayotiy

Zakot va Qurbonlik kalkulyatori

Nisobni aniqlang, zakot miqdorini hisoblang yoki qurbonlik variantlarini solishtiring.

Zakot va qurbonlik kalkulyatori — mol-mulkingiz qiymatini kiriting, nisob asosida zakot miqdori hisoblanadi; qurbonlik uchun qo'y va mol ulushlarini solishtirishingiz mumkin.

Yangilangan: 2026-09-08

Hanafiy mazhabida odatda oltin nisobi qo'llaniladi. O'zbekiston musulmonlar idorasi ham oltin bo'yicha e'lon qiladi.

so'm/g

Joriy bozor narxini kiriting — zargarlik do'koni yoki bank kursidan.

Nisob miqdori:144 500 000 so'm
Mol-mulkingiz
so'm
so'm

Taqinchoqlar, quyma va tangalarning bugungi bozor qiymati.

so'm

Sotish uchun turgan tovarlar, xomashyo — tannarxda emas, sotuv narxida.

so'm

Bugungi bozor qiymatida. Uzoq muddatli investitsiya aksiyalari bo'yicha olimdan so'rang.

so'm

Qaytishiga ishonchingiz komil bo'lgan qarzlar (obligatsiyalar 'Qimmatli qog'ozlar'da).

Qarzlaringiz
so'm

Muddati kelgan qarzlar va majburiy to'lovlar.

Hisob natijasi
Jami mol-mulk
Qarzlar (ayirildi)
Sof boylik
Nisob
Hisob natijasi
Eng tejamli variant
Qo'y bilan
Mol bilan
Mol ulushi (1 kishiga)
Ma'lumot 2026-yil avgust holatiga ko'ra
✈️ Telegram’ga yozish

Zakot kimga vojib?

Balog'atga yetgan, aqli raso musulmonning asosiy ehtiyojlaridan ortiqcha sof boyligi nisobga (85 g oltin qiymatiga) yetsa va bu holat hijriy bir yil davom etsa, undan 2,5% zakot berish vojib bo'ladi.

Nimalar zakotga kiradi, nimalar kirmaydi?

Kiradi: naqd pul, bank jamg'armalari, oltin-kumush, tijorat mollari, ishonchli qarzlar. Kirmaydi: turar joy, mashina, uy jihozlari, kasb asboblari — ya'ni shaxsiy foydalanishdagi narsalar.

Qurbonlik kimga vojib va qanday qilinadi?

Hanafiy mazhabida nisob miqdorida mol-mulkka ega bo'lgan muqim kishiga qurbonlik vojib. Bir qo'y — bir kishi uchun; yirik mol yoki tuya — 7 kishigacha sherikchilikda so'yilishi mumkin. Go'sht odatda uch qismga bo'linadi: oilaga, qarindosh-qo'shnilarga va muhtojlarga.

Bu hisob rasmiy fatvo o'rnini bosadimi?

Yo'q. Kalkulyator umumiy qoidalar bo'yicha mo'ljal beradi. Nisob miqdorini O'zbekiston musulmonlar idorasi har yili rasman e'lon qiladi — o'ziga xos holatlaringiz bo'lsa, imomdan so'rang.

Kalkulyator yoki shablon kerakmi?
Yangi kalkulyator, hujjat shabloni yoki xato — yozing, tez tayyorlaymiz. / Нужен калькулятор или шаблон? Напишите — быстро сделаем.
✈️ Telegram
© 2026 Kalki.uz — Achchi loyihasi. Barcha huquqlar himoyalangan.