Kalki.uz

Hamkorlik

Kalki.uz bilan to’g’ridan-to’g’ri hamkorlik: formatlar, ko’rsatkichlar va shartlar.

Kalki.uz nima qiladi

Kalki.uz — O’zbekiston sharoitiga moslangan bepul onlayn kalkulyatorlar va hujjat generatorlari to’plami. Odam kredit to’lovini hisoblaydi, uy qurishga qancha g’isht kerakligini biladi, mehnat shartnomasi yoki da’vo arizasini to’ldirib Word va PDF holida yuklab oladi.

Foydalanuvchi ro’yxatdan o’tmaydi, hech narsa to’lamaydi va kiritgan ma’lumoti serverga yuborilmaydi — barcha hisob brauzerda bajariladi.

Oylik ko’rsatkichlar

Sahifa ko’rish
Foydalanuvchi
Eng ko’p ochiladigan bo’lim
Yangilangan: hali kiritilmagan

Raqamlar qo’lda kiritiladi va oyda bir marta yangilanadi. Batafsil kesim (sahifa bo’yicha, qurilma bo’yicha) so’rov bo’yicha beriladi.

Mavjud formatlar

1. Kalkulyator natijasi ostidagi blok. Foydalanuvchi hisobni bajargandan keyin, natijadan pastda ko’rinadi. Kiritilgan summa va muddatga qarab moslashadi — masalan 50 million so’m, 36 oy so’ragan odamga aynan shu oraliqda ishlaydigan tashkilotlar ko’rsatiladi.

2. Kategoriya sahifasi. Bo’lim ichidagi barcha kalkulyatorlarda bir xil blok.

3. Hujjat generatori. Shartnoma yoki ariza to’ldirilgandan keyin — masalan notarius, sug’urta yoki ekspertiza xizmatlari.

Har uch formatda ko’rsatish soni cheklangan: bir blokda to’rttadan ko’p tashkilot chiqmaydi.

Nimalarni qilmaymiz

Bu ro’yxat cheklov emas — bu ishlash tartibimiz:

Qanday o’lchaymiz

Har bir blok uchun uchta ko’rsatkich yozib boriladi: blok ekranda haqiqatan ko’ringan holatlar soni, bosishlar soni va o’rin bo’yicha taqsimot. Bosishlar beacon usuli bilan yuboriladi — bu tashqi havolaga o’tishda hodisaning yo’qolib ketishining oldini oladi.

Hisobot summalar oralig’i kesimida beriladi (masalan 50–100 million so’m), aniq summalar hech qachon uzatilmaydi.

Bog’lanish

Telegram: @kalki_uz
E-pochta: [email protected]

Xatga sohangizni va qaysi bo’limga qiziqayotganingizni yozsangiz, o’sha bo’lim bo’yicha aniq raqamlarni javobda yuboramiz.