Kundalik hayot

Maktabga tayyorgarlik

Sinfni tanlang — kerakli ro'yxat darrov chiqadi. Xarajatni tez yoki batafsil hisoblang.

Maktabga tayyorgarlik kalkulyatori — farzandingiz sinfini tanlang, kerakli forma, daftar, kitob va boshqa buyumlar ro'yxati taxminiy narxi bilan chiqadi.

Yangilangan: 2026-09-11
1-qadam — Farzand
📋Shu sinf uchun tavsiya etiladi
2 shim, 3 ko'ylak, 1 kostyum, 1 galstuk, 1 kamar, 1 sviter, 1 kurtka, 1 sport formasi, 1 kepka, 1 kundalik tufli, 1 sport oyoq kiyimi, 1 qishki etik, 1 tapochka, 1 ryukzak, 1 penal, 1 tushlik qutisi, 1 suv idishi, 1 yomg'ir qoplamasi, 20 katak daftar, 10 chiziqli daftar, 5 ruchka, 10 qalam, 3 o'chirg'ich, 2 chizg'ich, 1 rangli qalam, 1 flomaster, 1 guash, 1 akvarel, 2 plastilin, 3 albom, 2 yelim, 1 qaychi, 20 fayl, 2 papka, 20 muqova, 1 kundalik, 1 darsliklar, 1 ish daftarlari
2-qadam — Xarajat

Har bo'lim uchun taxminiy summani kiriting — 5 ta maydon yetarli.

Kiyim va poyabzalforma, ko'ylak, tufli, kurtka
Sumka va o'quv qurollariryukzak, daftar, ruchka, albom
Kitoblardarslik, ish daftari, lug'at
Maktab to'lovlariovqat, transport, fond — oyiga
Elektronikaixtiyoriy — telefon, planshet
Qo'shimchafotosessiya, ekskursiya, sovg'a
oy
Maktab xarajatlari
-
Umumiy xarajat
Jami xarajat
-
Miqdorlar sinf bo'yicha o'rtacha tavsiya. Narxlarni o'zingiz kiritasiz — kalkulyator hech qanday narxni o'zi belgilamaydi. Ma'lumotlaringiz faqat shu brauzerda saqlanadi.
Ma'lumot 2026-yil avgust holatiga ko'ra

Maktabga tayyorgarlik qancha turadi?

Xarajat farzandning sinfi, maktab turi va oilada nechta bola borligiga bog'liq. Bu kalkulyator ikki xil ishlaydi: tez hisobda 5 ta maydonni to'ldirasiz va darhol natija olasiz, batafsil rejimda esa har bir band bo'yicha aniq hisoblaysiz. Ikkalasida ham sinfga qarab kerakli ro'yxat avtomatik tavsiya qilinadi.

Sinfga qarab tavsiya qanday ishlaydi?

Sinfni tanlaganingizda kalkulyator o'sha yoshdagi bolaga odatda kerak bo'ladigan ro'yxatni darrov ko'rsatadi — narx kiritish ham shart emas. Masalan 1-sinf uchun ko'proq albom, plastilin va rangli qalam, 9-sinf uchun esa ko'proq daftar, sirkul, transportir va kalkulyator. Bu majburiy ro'yxat emas, batafsil rejimda istagan bandni o'zgartirishingiz mumkin.

Nega narxlar oldindan yozilmagan?

Maktab buyumlarining narxi bozor, do'kon va hududga qarab keskin farq qiladi, avgustda esa talab oshib narx ko'tariladi. Shuning uchun kalkulyator hech qanday narxni o'zi belgilamaydi — siz o'z do'koningizdagi narxni kiritasiz.

Oylarga bo'lib yig'sa bo'ladimi?

Ha. Sentyabrgacha necha oy qolganini kiritsangiz, kalkulyator har oy qancha yig'ish kerakligini ko'rsatadi. Bir yo'la katta summa topish o'rniga oldindan bo'lib yig'ish oila byudjetiga ancha yengil.

Bir necha farzandni birdan hisoblasa bo'ladimi?

Ha, "+ Farzand" tugmasi orqali qo'shasiz. Har bir farzand o'z sinfi bo'yicha alohida hisoblanadi, natijada esa ham umumiy summa, ham har bola bo'yicha summa ko'rinadi. Xarid ro'yxati va natijani PDF yoki Excel (CSV) sifatida yuklab olish mumkin.

Kalkulyator yoki shablon kerakmi?
Yangi kalkulyator, hujjat shabloni yoki xato — yozing, tez tayyorlaymiz. / Нужен калькулятор или шаблон? Напишите — быстро сделаем.
✈️ Telegram
© 2026 Kalki.uz — Achchi loyihasi. Barcha huquqlar himoyalangan.